Ichki ishlar organlari xodimlariga bayram tabrigi
Barcha ichki ishlar organlari xodimlari, ta’lim
muassasalari o‘qituvchilari, faxriylar kengashi a’zolari va xizmat burchini bajarish
chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolarini 25 oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari
bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi hamda bevosita
rahbarligida ichki ishlar organlarini kompleks isloh qilish, uning tarkibiy tuzilmalarini
optimallashtirish, quyi bo‘g‘in bo‘linmalari natijadorligini oshirishga qaratilgan
keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.
Jamiyatda huquq-tartibotni, qonun ustuvorligini
mustahkamlash, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi
kurashish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi takomillashtirilib,
joriy yildan boshlab “mahalla yettiligi” tashkil etildi.
Jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarning
ijtimoiy profilaktikasini yo‘lga qo‘yish,
aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolar ongida qonunga hurmat hissi
hayotiy tamoyilni qaror toptirish bo‘yicha bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
O‘tgan davrda ichki ishlar tizimi har jihatdan
shakllanib, el-yurtimiz manfaatlariga xizmat qiladigan xalqchil, zamonaviy va ixcham
tuzilmaga aylandi, deb aytishga bugun barcha asoslarimiz bor.
Bunday yutuqlarning birinchi omili sifatida yurtimizda
hukm surayotgan osoyishtalik, xalqimizning tinch-xotirjam hayot kechirishini aytish
joiz. Bunda kunu tun xizmat qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining mashaqqatli
va sharafli xizmati borligini e’tirof etish joiz.
Muhtaram Prezidentimiz ichki ishlar organlari
xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigida “Ishonchim komil, o‘z vazifasini halol va
vijdonan ado etadigan ichki ishlar organi xodimi el-yurt o‘rtasida albatta munosib
obro‘-e’tibor topadi” deya bejizga ta’kidlamadilar.
Xalqimizda mehnat qilgan elda aziz deganlaridek,
Vatan xavfsizligi, el osoyishtaligini ta’minlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni
oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida samarali xizmat qilib
kelayotgan ichki ishlar organlari xodimlari o`tgan yillarda davlatimiz va ichki ishlar vazirining
buyrug‘i bilan ko‘krak nishonlari bilan mukofotlanganligi voha osoyishtalik posbonlari
xizmatiga berilgan yuksak bahodir.
Sizlarni bugungi bayram bilan yana bir bor qutlar
ekanman, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, mamlakatimizda barqarorlikni
ta’minlash, huquq-tartibotni mustahkamlash va fuqarolarimiz manfaatlarini himoya
qilish borasidagi mas’uliyatli vazifalarni ado etishingizda ulkan yutuqlar tilayman.
Yurtimiz hamisha tinch va farovon, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘i polkovnik
Shuhratjon Hoshimovich Satvoldiev