22 Iyun 2024 yil 908

“Ichki ishlar organlari yosh xodimlari va harbiy xizmatchilarining IV Respublika yoshlar forumi” tantanali taqdirlash tadbiri

Shahrisabz shahar Madaniyat saroyida Ichki ishlar vazirligi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, shahar hokimligi va boshqarma faxriylar kengashi a’zolari, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik vakillari, Forum qatnashchilari bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbirda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Davron Nazarmuxamedov so‘zga chiqib, vazirlik tarixida to‘rtinchi marotaba “Ichki ishlar organlari yosh xodimlari va harbiy xizmatchilarining IV Respublika yoshlar forumi”i bo‘layotganini ta’kidladi.

- Barchamizga yaxshi ma’lumki, muhtaram Prezidentimiz rahbarligida “O‘zbekiston-2030” strategiyasida ham ichki ishlar organlari, jumladan, yosh kadrlarni zamon talablariga muvofiq tayyorlash bilan bog‘liq bir qator vazifalar belgilanganligini, hozirgi kunda ichki ishlari organlari shaxsiy tarkibining deyarli 30 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yosh kadrlar tashkil etadi, - dedi Vazir o‘rinbosari o‘z ma’ruzasida. - Davlatimiz rahbari boshchiligida yosh avlodga har qachongidan ham katta e’tibor qaratilyotgani, joriy “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” da ichki ishlar organlaridagi “Yoshlar oyligi”dagi Forum ham yuqoridagi ezgu maqsadlarni ko‘zlab tashkil etilganini bildirdi.

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Abduvoxid Ismoilov Forum ishtirokchilarini buyuk daholarga beshik bo‘lgan Qashqadaryo viloyatiga tashrifi bilan qutlab, ichki ishlar organlarining xotin-qizlari o‘rtasida ilk bor, “Sohil valeyboli”, “Eng yaxshi parademik”, “Harbiy estafeta”, xodimlar bilan esa “Jangovar marsh”, “Suzish”, “Paintball” musobaqalari, “Zakovat” intellektual o‘yini,  o‘tkazilib, “Ustoz-shogird” an’analari rivojlantirish doirasida uchrashuvlar, xayriya va homiylik aksiyalari tadbirlarida yosh xodimlarning bu boradagi iqtidor va salohiyati yanada oshirganini bildirdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Forum kubogi, medallari va 20 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. 2-o‘rinni band etgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirligi jamoasi medallar,  2-darajali diplom va 15 million so‘m, 3-o‘ringa sazovor bo‘lgan Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoasi ham musobaqa medallari, 3-darajali diplom va 10 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Shuningdek tadbirda Ichki ishlar vazirining  “30 iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan bir guruh yosh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga binoan, Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati katta inspektori, katta leytenant Jasurbek Xamdamov va Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati katta inspektori, leytenant Rasul Oripov “Yoshlar fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani ichki ishlar bo‘limi kadrlar bilan ta’minlash guruhi katta inspektori, katta leytenant Shoxrux Mannonov esdalik qo‘l soati,  Nishon tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori, leytenant  Firdavsiy Rasulov ichki ishlar vazirining “Faxriy yorg‘ili”, Kasbi tuman ichki ishlar bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, katta leytenant Mashxura Mirzayeva kitoblar to‘plami bilan mukofotlandi.

Bir so‘z bilan aytganda “Ichki ishlar organlari yosh xodimlari va harbiy xizmatchilarining IV Respublika yoshlar forumi”i soha xodimlarining bilimi, malakasi va tajribasini yanada boyitdi. 

Text to speech