25 Mart 2024 yil 480

Ichki ishlar hodimlari tomonidan 10 000 ortiq mevali va manzarali ko’chatlar ekildi.

Yurtimizda bahor nafasi kezmoqda. Bunday paytda yurtdoshlarimiz ariqlarni qazish, ko‘chalarni obodonlashtirish, yerga yangi nihol qadash ishlarini jadallashtiradi. Jumladan, mamlakatimizda amalga oshirib kelinayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Qashqadaryo viloyatida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada viloyat ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlari va tarkibiy bo‘limlari, shahar-tuman IIBlari xodimlari faol ishtirok etib, viloyat IIBga biriktirilgan Qarshi tumani “Xonobod” qishlog‘idagi bog‘ning 12 gektariga 5700 dona ilon jiyda va gilos ko‘chatlari ekildi. Bog‘ atrofi obodonlashtirilib, ariqlar qazildi va yerga ishlov berilib, mineral o‘g‘itlar sepish ishlari amalga oshirildi.

Jumladan, mamlakatimizda Navro‘z bayrami arafasida bo‘lib o‘tgan umumxalq xayriya hashari doirasida ham Qarshi shahridagi “navo” mahallasi hududiga ichki ishlar organlari xodimlari 1000 dona manzarali ko‘chatlar o‘tqazishdi.

Bundan tashqari, viloyat 3-sektor rahbariyati va ishchi guruhi hamda boshqarma tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlari, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limi ma’muriy binolari atrofiga besh mingdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Bunda ko‘chatlarni faqat ekish emas, balki uni parvarishlash va tomchilab sug‘orish ishlari ham e’tiborga olinib, bu borada mas’ullar biriktirildi. 

Bu boradagi ishlar viloyatda jadal davom ettirilmoqda.

Text to speech