6 May 2024 yil 364

Ichki ishlar boshqarmasi xodimi – Xalqaro turnir g‘olibi

Qarshi shahrida qo‘l jangi bo‘yicha Amir Temur kubogi xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqada Shveysariya, Chexiya, Rossiya, Belarus,Ozarbayjon, Tojikiston, Qozog‘iston davlatlaridan professional qo‘l jangi ustalari tashrif buyurishdi.
Murosasiz ruhda o‘tgan xalqaro turnirga professional qo‘l jangi yo‘nalishining RV yo‘nalishidagi xalqaro toifadagi sportchilarning tashrif buyurganligi ushbu musobaqaning qizg‘in bahslar ostida o‘tishi va dunyo hamjamiyatida Yangi O‘zbekistonning nufuzi tobora ortib borayotganligidan dalolat beradi.
Yurtimizning xalqaro toifadagi hakamlari tomonidan boshqarib borilgan musobaqada Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlarining TVBSO xodimi Olim Nomurodov ham qatnashib vazn toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
G‘oliblarga viloyat hokimi va ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan diplom, pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech