Qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan ta’minlash hamda mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Abduvoxid Ismoilov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Koson tumanida o‘rganishlar olib borildi
Dastlab,boshqarma boshlig‘i soha mas’ullari hamda mutasaddilari hamrohligida tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxonada palatalardagi holat bilan tanishdi. So‘ngra, shifoxonani ta’minlovchi qozonxonaning ish faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchilliklarni tez
va sifatli bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Tuman elektr tarmoqlari korxonasida bo‘lgan 3-sektr
rahbari aholini elektr energiya bilan
barqaror ta’minlash, faoliyatda
uchraydigan nosozliklarni tezda bartaraf etish yuzasidan smenadagi mas’ul
xodimlar bilan suhbatlashdi. Ishlab
chiqilgan chora-tadbirlar rejasi, favqulodda holatlarda nosozliklarni bartaraf
etish, ehtiyot qismlar zahirasi bilan tanishib, mas’ullarga tegishli tavsiyalar
berildi.
Ishchi guruhning o‘rganishlari viloyat bo‘ylab davom etmoqda.