Qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan ta’minlash hamda mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan o‘rganishlar olib borildi
Davlat rahbarining topshirig‘iga asosan, Qashqadaryo viloyatida fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash, kriminogen vaziyatni jilovlash, qish mavsumida aholiga elektr, tabiiy va suyultirilgan gaz, ko‘mir yetkazib berish hamda bunga mas’ul idora va tashkilotlar vakillarining mas’uliyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar jadal amalga oshirilmoqda.
Yaqinda Qashqadaryo viloyati IIB
boshlig‘i, polkovnik Abduvoxid Ismoilov soha mas’ullari hamda hamkor
tashkilotlarning mutasaddilari bilan Qarshi shahridagi imkoniyati cheklangan
bolalar maktabi, ko‘p qavatli uylarni issiqlik bilan ta’minlovchi qozonxona,
Qarshi davlat universitetining isitish tizimini o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan
kamchilliklarni tez va sifatli bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli
topshiriqlar berildi.
Qarshi shahar elektr tarmoqlari
korxonasida bo‘lgan ishchi guruh aholini elektr energiya bilan barqaror
ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar
rejasi bilan tanishib, faoliyatda uchraydigan nosozliklarni tezda bartaraf etish
yuzasidan smenadagi mas’ul xodimlarga tavsiyalar berildi.
Shu bilan birga shahardagi
odamlar ko‘p to‘planadigan joylar, ko‘p qavatli uylar, jamoat joylarida
video-kuzatuv qamrovini oshirish, kriminogen vaziyatni chuqur tahlil qilish,
profilaktika inspektorlari tomonidan aholi muammolarni o‘rganish hamda bartaraf
etish bo‘yicha “mahalla yettiligi” bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
mas’ulllar zimmasiga yuklandi.
Kunu tun har qanday vaziyatda
ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish, jamoat tartibini saqlash borasida kuch va
vositalarni to‘g‘ri yo‘naltirish, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, sodir
etilganlarini fosh etish borasida mas’ullarga topshiriqlar berdi.
Ishchi guruhning o‘rganishlari viloyat bo‘ylab davom etmoqda.