HUSHYORLIK OSHIRILMOQDА
Mamlakatimizda qish fasli hukm surmoqda. Qishning seryogʼin qorli kunlarida viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi YHXG YPX inspektorlari bir qator profilaktik ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, Shahrisabz shahrining Аmir Temur xiyoboniga kirishdagi “Zingiron” mahallasi, Zingiron koʼchasidan oʼtuvchi yoʼldan koʼplab fuqarolarning piyoda harakatlanishini hisobga olib, ushbu yoʼldan harakatlanuvchi velosiped va transport vositalari haydovchilari bilan muntazam profilaktik suhbatlarda ogohlantirishlar berilayotir. Haydovchilarga kelgusida velosiped va transport vositalarini boshqarganda belgilangan tezlikka eʼtibor qaratib, yoʼllarda piyodalar harakatiga xavf solmasdan hushyorlikni oshirish borasida tushuntirish va targʼibot ishlari olib borildi.