Hurmatli tibbiyot xodimlari!
Oliyjanob kasb egalari boʼlmish tibbiyot xodimlari har qanday vaziyatlarda inson salomatligi uchun kurashib, ularga malakali tibbiy xizmat koʼrsatib kelayotganliklari alohida eʼtirofga molik. Аyniqsa, bu yil butun dunyo tibbiyot xodimlari uchun sinovli va mashaqqatli yil boʼldi. Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan murakkab epidemiologik vaziyat shifokorlar zimmasiga katta masʼuliyat yukladi.
Аna shunday murakkab va sinovli kunlarda Sizlar oʼz hayotingiz va sogʼligʼingizni xavf ostiga qoʼyib, mavjud xatarlarga qarshi kurashish, kasallikning tarqalishini oldini olish, yurtimizda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash ishlariga munosib hissa qoʼshayapsiz. Ichki ishlar organlari xodimlarining salomatligini muhofaza qilish, ularga yuksak eʼtibor va gʼamxoʼrlik koʼrsatish borasida ham shifokorlar fidoyilik namunalarini koʼrsatib kelmoqda.
Ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilayotgan koʼp sonli xodimlarimizning Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini himoya qilishdek sharafli vazifalarni toʼlaqonli amalga oshirishlarida Sizdek jonkuyar va fidoyi tibbiyot xodimlarimizning oʼrni beqiyosdir.
Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasida Tibbiyot xodimlari bayrami munosabati bilan viloyat IIB boshligʼi Shuhrat Satvoldiev tomonidan oʼz xizmat vazifalariga sidqidildan yondashib, ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolariga sifatli tibbiy xizmat koʼrsatish, ularning salomatligini mustahkamlash, mamalakatimizda kuzatilayotgan epidimiologik vaziyatning barqarorlashtirish ishlariga qoʼshgan salmoqli hissasi hamda “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan Sogʼliqni saqlash vazirligining 2020 yil 04 noyabrdagi buyrugʼiga asosan, Qashqadaryo viloyati IIB Jazoni ijro etish boʼlimi 3-son jazoni ijro etish koloniyasi davolash profilaktika yordam koʼrsatish boʼlimi shifokor psixiator-narkologi kapitan Sherali Xudoynazarov va boshqarma Jazoni ijro etish boʼlimi 2-son jazoni ijro etish koloniyasi davolash profilaktika yordam koʼrsatish boʼlimi felьdsheri katta serjant Gʼiyos Ochilov boshqarma Tibbiyot boʼlimi poliklinika umumiy amaliyot shifokori Zuxriddin Аbdullaev“Oʼzbekiston Respublikasi sogʼliqni saqlash aʼlochisi” koʼkrak nishoni, boshqama Jazoni ijro etish boʼlimi 34-son manzil koloniyasi sogʼliqni saqlash shifokorlik punkti boshligʼi shifokor Gʼayrat Sherdanov Sogʼliqni saqlash vazirligining “Faxriy yorligʼi”, Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2020 yil 05 noyabrdagi buyrugʼiga asosan, boshqarma Tibbiyot boʼlimi Shahrisabz ambulatoriyasi boshligʼi katta leytenant Mannon Qurbonov Ichki ishlar vazirligining “Faxriy yorligʼi”, Tibbiyot boʼlimi poliklinika nevropatolog shifokori Аzizaxon Mirzaqobilova va Tibbiyot boʼlimi poliklinika sanitariya epidemiologiya nazorat markazi sanitariya shifokori Faxriddin Xusanovlar pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, Boshqarma boshligʼining 2020 yil
04 noyabrь kunidagi buyrugʼi bilan Qashqadaryo viloyati IIB Tibbiyot boʼlimida xizmat qilayotgan 12 nafar erkin yollanma xodimlar Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmaning “Tashakkurnoma”si bilan taqdirlandi. Sohada xizmat qilayotgan barcha ishchi-xizmatchilar qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlandilar.