Hurmatli oʼquvchilar va ularning ota-onalari!
Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik litseyiga 2020/2021-oʼquv yili uchun oʼqishga kirish istagini bildirgan Qashqadaryo viloyatining tuman (shahar) maktablarida 9-sinfini tamomlayotgan (oʼgʼil, qiz) nomzodlarning arizalari 2020 yilning 15 may kuniga qadar qabul qilinadi.
Аyni paytda akademik litseyida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan nomzodlardan individulal psixologik test qabul qilish jarayonlari boshlandi.
Oʼtkazilayotgan sinov tadbirlari Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan Oʼzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʼyicha respublika maxsus Komissiyasi tomonidan belgilanayotgan tartiblar hamda Sogʼliqni saqlash vazirligining bu boradagi tavsiya va koʼrsatmalariga rioya qilingan holda oʼtkazilish yoʼlga qoʼyilgan.
Shu bugunga qadar akademik litseyiga oʼqishga kirish istagini bildirgan jami 1430 nafar nomzodlardan kun taqsimoti jadvali asosida sinov qabul qilinmoqda.
IIV Qashqadaryo akademik litseyi.