9 Fevral 2021 yil 528

Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʼlinmalarining rahbarlari va profilaktika (katta) inspektorlarining bilim saviyasi hamda kasbiy mahoratini oshirish boʼyicha oʼquv kurslari

Oʼzbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 14 yanvardagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʼlinmalarining rahbarlari va profilaktika (katta) inspektorlarining bilim saviyasi hamda kasbiy mahoratini oshirish boʼyicha oʼquv kurslarini tashkil etish toʼgʼrisida”gi Farmoyishiga asosan Qashqadaryo viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xodimlari 2021 yilning 08 fevralь kuni xizmatga oid bilim va malakasini oshirish, tajriba almashish maqsadida Oʼzbekiston  Respublikasi IIV Аkademiyasi oʼquv poligoniga joʼnab ketishdi.

Oʼquv-seminarida ular respublikaning turli shahar va tumanlaridan yigʼilgan hamkasblari bilan ilgʼor ish ukslublarini oʼrganish, tinchlik, osoyishtalik, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikni jilovlashda oʼzaro tajriba almashadilar. Shu bilan birga xodimlarda yuksak madaniyatni yanada takomillashtirish, uni amalda namoyon etgan holda tizimning obroʼsini oshirish, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini samarali targʼib etish borasidagi bilim va saviyalarini oshirish ham koʼzda tutilgan.

Text to speech