9 Fevral 2022 yil 486

Huquqbuzarga jazo muqarrrar!

Qarshi shahri hududida oʼtkazilgan “Spitamen” profilaktik tadbiri davomida, “Qarshi Leater” qoʼshma korxonasida mehnat faoliyatini olib borayotgan 1 nafar Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi Oʼzbekiston Respublikasida boʼlish muddati tugagan boʼlsa-da, oʼz vaqtida mamlakatdan chiqib ketmasdan yoki amal qilish muddati tugagan viza muddatini uzaytirish chorasini koʼrmasdan noqonuniy ravishda yashab kelayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIOFMB M va FRB masʼul xodimlari “Qarshi Leater” qoʼshma korxonasi rahbari hamda amal qilish muddati tugagan viza bilan yashab kelayotgan XXR fuqarosiga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 225-moddasining tegishli bandlari talablari asosida maʼmuriy bayonnoma tuzilib, ularga nisbatan Qarshi shahar Jinoyat ishlari boʼyicha sudi tomonidan tegishli choralar koʼrildi.
Shu sababli, xorijiy davlatlardan yurtimizga tashrif buyurayotgan chet el fuqarolari va ushbu fuqarolarni yashashi uchun turar-joy bergan xonadon egalari hamda ularni qabul qilgan korxona, tashkilot hamda mehmonxona mansabdor shaxslarini amaldagi qonun-qoidalarga ogʼishmay amal qilishlarini soʼrab qolamiz.

Text to speech