30 Oktyabr 2020 yil 620

"Huquqbuzar jinoyatchi boʼlib chiqdi”

Shahrisabz shahrining tarixiy qismida joylashgan “Аmir Temur” hiyobonida, 1994 yilda Shahrisabz shahrida tugʼilgan fuqaro N.N, hiyobon hududida shahsiy himoya niqobini toʼgʼri taqmasdan oʼtirganligi holati ushbu hududda xizmat olib borayotgan Qashqadaryo viloyati IIB XTTB HPB profilaktika katta inspektori katta leytenant J.Esonov tomonidan aniqlanib, uning shahsiga aniqlik kiritilayotgan vaqtda, oʼzining gʼayriodatiy hatti-harakatlari bilan profilaktika inspektorida shubha uygʼotganligi bois, uning yonida boʼlgan narsa-buyumlarini koʼzdan kechirish maqsadida, undan noqonuniy va taqiqlangan narsa buyumlar bor boʼlsa oʼz ihtiyori bilan taqdim qilishligi taklif etilganida, fuqaro N.N egnida boʼlgan koʼk rangli “jinsi” shimining chap tomon old choʼntagidan, ichiga yashil rangli, oʼtkir hidli, maydalangan, oʼsimlik quritmasi joylangan, 1 (bir) dona “AVION” yozuvli gugurt qutisini oʼz ixtiyori bilan taqdim qilgan hamda xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmylashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi tergov guruhi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Qashqadaryo viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi.

Text to speech