12 Noyabr 2021 yil
500
Xotin-qizlarni tazyiq va zoʼrovonlikdan himoya qilishning yangi mexanizmlari
2021 yilning 11 noyabr kuni Viloyat hokimligida Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʼyicha doimiy komissiya, Viloyat ayollarni reablitatsiya qilish va moslashtirish markazi hamda ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokida Oʼzbekiston Respublikasining 02.09.2019 yildagi ,,Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʼrovonlikka qarshi kurash toʼgʼrisida"gi Qonuni ijrosini taʼminlash borasida joylarda olib borilayotgan tizimli ishlar yuzasidan tadbir boʼlib oʼtdi.
Oʼtkazilgan tadbir davomida masʼullarning mazkur Qonun ijrosi boʼyicha olib borilgan ishlar hisoboti tinglandi va bu borada kelgusida amalga oshirilishi lozim boʼlgan vazifalar belgilab olindi.