Xotin-qizlar jinoyatchiligini oldini olish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Qashqadaryo
viloyati Guzor tumani “Apardi” mahallasida Oila va xotin-qizlar bo‘limi
xodimlari, IIB vakillari, Oqila ayollar, otinoyilar tibbiyot xodimlari,
ko‘chaboshilar va mahalla xodimlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Unda
“Xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, erta turmush qurishning
salbiy oqibatlari” mavzusida hamda “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz-16 kun” tadbiri
doirasida xotin-qizlar o‘rtasida tazyiq
va zo‘ravonlikka uchragan, nizoli oilalarning muammolarini o‘rganish va amaliy yordam berish borasida so‘z
yuritildi.
Uchrashuv
davomida xotin-qizlarga huquqiy maslahatlar, jinoyatchilik va shu kabi salbiy
holatlarni oldini olish maqsadida kerakli tavsiyalar berildi va bukletlar
tarqatildi.