21 Dekabr 2023 yil
400
Xotin-qizlar jamiyat nigohida
Joriy yilning 21-dekabr kuni Qashqadaryo
viloyati hokimligi hamda Viloyat IIB JXH HPB XQMB mas’ullari bilan hamkorlikda xotin-qizlar o‘rtasida
sodir etilayotgan salbiy holatlarning oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, Unda ijtimoiy tarmoqlardagi noxush
holatlarning kelib chiqish sabablarini o‘rganish, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va
jinoyatchilikka barham berishning ustuvor jihatlari haqida so‘z yuritildi.
Bundan tashqari, ularning huquqiy va
ijtimoiy ongini oshirish, erta
nikoh, oilaviy ajrimlarning oldini olish borasida keng jamoatchilik
o‘rtasida targ‘ibot ishlarini tashkil etish yuzasidan ishtirokchilarga
tushunchalar berilib, bu borada tegishli chora tadbirlar belgilab olindi.