28 Oktyabr 2024 yil 892

Xotin-qizlar huquqlari himoyada

G‘uzor tumani IIB xodimlari tomonidan " Inson" ijtimoiy xizmatlar markazining  yurist hamda psixologlari bilan xamkorlikda notinch, nizoli oilalar o‘rganilmoqda. Nizolashayotgan oilalarni yarashtirib, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga  Himoya orderlari berib, zo‘ravonlarga cheklovlar tushuntirilib, kelgusida xuquqbuzarlik va jinoyat sodir etmaslik to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2024 yil 10 maydagi "Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizllarga,  ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida "gi   qaroriga muvofiq,  tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni G‘uzor tuman markaziy shifoxonasining shoshilinch qabul bo‘limlarida tashkil etilgan birlamchi ko‘mak xonalariga joylashtirilib, huquqiy, psixologik va tibbiy yordamlar ko‘rsatildi.

Text to speech