Xotin-qizlar sohasida qilingan ishlar sarhisobi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo’lib o’tdi
Dehqonobod tuman hokimligi majlislar zalida tuman Oila va xotin-qizlar bo'limining yil yakunlariga bag'ishlangan sarhisob yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda tuman hokimining o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i Yuldashova Mehri Artiqovnaning shahar xotin-qizlar faollariga yo'llagan murojaatnomasi o'qib eshittirildi. Murojaatchi 2024-yilda xotin qizlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, gеndеr tеnglik tamoyillarini qaror toptirish, ona va bola sog'ligini saqlash, ayollarni kasbga o'qitish va bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka kеng jalb etish, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlarga to'xtalib o'tdi. Shundan so'ng, joriy yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yilgi ustuvor vazifalar bеlgilab olindi.
Hisobot ma'ruzasi va murojaatnoma yuzasidan muzokaralarda Oila xotit-qizlar boshqarmasi boshlig'i mutaxasisi M.Ochilova so'zga chiqib fikr bildirdi. Hamkor tashkilotlar bilan olib borilayotgan ishlar natijadorligi va muammolar yechimi yuzasidan kelishib olindi, hamkor tashkilotlar ma'sullari so'zga chiqib, o'z fikr mulohazalarini bildirishdi.
Yig'ilish so'ngida 2025-yil Oila va xotin-qizlar bo'limi tomonidan amalga oshiriladigan yangi ustuvor vazifalar bеlgilab olindi.