24 Fevral 2024 yil 375

"Xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish-bosh maqsadimiz"

Qarshi tumani hokimligida "Xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish-bosh maqsadimiz" mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. O‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimligi,  ichki ishlar boshqarmasining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullari,  tuman hokimi, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Tadbirda tuman hududida xotin-qizlar o‘rtasida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning muhokamasi hamda oilalardagi ijtimoiy muammolar bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

Text to speech