3 Aprel 2023 yil 306

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlarning bilim va malakasi oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni va Ichki ishlar vazirligining 2022 yil 19 oktabrdagi “Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari bilan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni himoya qilish bo‘yicha sayyor o‘quv-seminarlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi 238-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan dastur asosida joriy yilning 30 mart kunidan 01 aprel kuniga qadar Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari bilan IIV Qashqadaryo akademik litseyida uch kunlik sayyor o‘quv-seminari mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Unda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan 22 nafar xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor-xodimalar ishtirok etdi.

Sayyor o‘quv-seminar mashg‘ulotlarida IIV Malaka oshirish instituti katta o‘qituvchisi podpolkovnik T.X.Gozibekov hamda IIV Akademiyasi katta o‘qituvchisi mayor D.SH.Utepovlar tomonidan yuqori saviyada olib borilib, “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar bilan manzilli ishlami tashkil etish, xotin-qizlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish, xotin-qizlarning o‘z joniga qasd qilish va o‘zini-o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazishning profilaktikasini tashkil etish hamda profilaktika inspektorlarining tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish tartibi” kabi mavzularda ishtirokchilarning bilim va malakassi boyitildi.

Mashg‘ulotlar yakunida test sinov qabul qilinib, muvoffaqiyatli baholangan barcha xodimalarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.

Text to speech