10 Iyul 2024 yil 308

Xotin-qizlar ijtimoiy ahvoli "xonadonbay" o‘rganildi

Qashqadaryo viloyati IIB JHX XPX XQMB, Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati boshqarmasi, Qarshi shahar hokimligi mas’ullari hamkorligida Qarshi shahrining Alisher Navoiy,  Zaxokimaron, Charmgar mahallalarida yashovchi nizoli va ijtimoiy og‘ir ahvolda bo‘lgan, probatsiya hisobida turgan xotin-qizlarning ijtimoiy ahvoli "xonadonbay" o‘rganildi.

O‘rganish davomida bir nafar shar’iy nikohda yashayotgan oila qonuniy nikohdan o‘tish uchun hujjatlashtirildi, bir nafar xotin- qizga kasbga o‘qitish uchun yo‘llanma rasmiylashtirildi. Shuningdek,  uy-joy nizosida bo‘lgan oilaga huquqiy tavsiya berilib,  bir nafar probatsiya hisobida turgan ayol bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

Text to speech