12 Oktyabr 2022 yil 291

Xotin-qizlar himoyasi yo‘lidagi hamkorlik

Mirishkor tuman Tibbiyot birlashmasida “Xotin-qizlar orasida zo‘ravonlik va boshqa jinoyatlarning oldini olishda tibbiyot xodimlari ishtiroki milliy amaliyot misollarida” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishda Mirishkor tuman IIB JXX HPB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor, kapitan Mohinur Chorieva so‘zga chiqib, xotin-qizlarning g‘ayriijtimoiy xulqiga sabab bo‘luvchi omillarni o‘rganish va bartaraf etish, ular orasida jinoyatchilikni oldini olishda borasida ma’ruza qildi. Ushbu jarayonda zo‘ravonlik va tazyiqqa uchragan xotin-qizlarga tibbiyot xodimlarining xizmati, ruhiy ko‘magi xususida ham tavsiyaviy fikr-mulohazalar bildirildi.  Tadbir doirasida ishtirokchilarga huquqbuzarliklar va jinoyatlarni yuzaga keltiruvchi omillarni oldini olish, ro‘y berganlarini fosh etish, mahallalarda bu borada amalga oshirilayotgan ishlarda patronajlar va hamshiralar ham huquqni muhofaza qilish organlari bilan uzviy hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida so‘z bordi.

Text to speech