Xorijning zamonaviy uslub va tajribalari oʼzlashtirildi
2021 yil 8-12 noyabr kunlari Ichki ishlar vazirligi hamda hududiy ichki ishlar boshqarmalari mas’ullaridan iborat guruh malaka oshirish maqsadida Turkiyaning Anqara shahridagi politsiya akademiyasida bo’ldi. Mazkur o’quvda Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi tergov hamda jinoyat qidiruv boshqarmalari vakillari ham qatnashib, kontrabanda va uyushgan jinoyatchilikni aniqlash, fosh etish, shuningdek tergov qilishga oid zamonaviy uslub va tajribalarni o’zlashtirdilar.
O’z navbatida seminar qatnashchilari tomonidan olingan bilim va malakalarni Qashadaryo viloyati IIB tergov boshqarmasi hamda uning quyi tuzilmalari xodimlariga yetkazish maqsadida 2021 yil 29 noyabr kuni mashg’ulot uyushtirildi. Tadbirda Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig’i, podpolkovnik Xurshid Atanazarov kontrabanda va uyushgan jinoyatchilikni aniqlash, fosh etish va tergov qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda xorijiy tajriba va uslublarni qo’llash bo’yicha atroflicha ma’lumot berdi. O’quv mashg’uloti davomida Turkiya Ichki ishlar vazirligi strukturaviy tuzilishi to’g’risida ham so’z yuritildi.