5 Iyun 2024 yil 335

Xorijlik sayyoh mamnun

Ispaniya davlati, Kataloniya provinsiyasidan Shahrisabz shahriga sayohat maqsadida tashrif buyurgan, 58 yoshli xorijiy sayyoh Agatta Martenes tarixiy markaz hududida o‘z guruhidan ajralib, hamrohlarini topolmay qoladi.

Shundan so‘ng, Agatta Martenes xonim zudlikda tarixiy markaz hududida xizmat olib borayotgan Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlariga murojaat qildi.

Murojaat asosida boshqarma xodimlari kapitan Z.G‘aniyev va leytenant D.Xoldiyorov tomonidan ispaniyalik sayyohning hamrohlari manzili aniqlanib, Agatta Martenes xonim o‘z guruhiga qo‘shildi.

Ispaniyalik sayyoh boshqarma xodimlarining amaliy yordamidan minnatdorligini, bu esa o‘z navbatida hukumatimiz tomonidan xavfsiz turizmni ta’minlash sohasida olib borilayotgan islohotlarning ijobiy natijasi ekanligini bildirdi.

Text to speech