13 Noyabr 2024 yil 436

Xorijlik mutaxassislarga mamlakatimizda bo‘lish qoidalari tushuntirildi

“Dolzarb 50 kun” maxsus profilaktik tadbiri doirasida viloyat IIB M va FRB hamda uning G‘uzor tuman bo‘linmasi xodimlari tomonidan  “Uzbekistan GTL” mas’uliyati cheklangan jamiyatda hozirgi kunda qurilish-ta’mirlash ishlarida ishtirok etayotgan xorijiy va qo‘shma korxonalar hamda ularning pudratchilarining 400 nafardan ortiq chet ellik mutaxassislari bilan profilaktik tadbir o‘tkazildi.

G‘uzor tumani “Qorako‘l” QFY hududidagi ishchilar yotoqxonasiga vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan holda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan xorijiy mutaxassislarga  O‘zbekiston Respublikasida yashash va bo‘lish qoidalariga amal qilishlari, viza muddatini uzaytirish, ularni yashash manzillari bo‘yicha vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish va ro‘yxat muddatini uzaytirish tartiblari bo‘yicha tushunchalar berildi. Amaldagi tartib-qoidalarni buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga asosan, javoblarlik masalasi ko‘rilishi bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berildi.

  Shuningdek, tadbir davomida “Uzbekistan GTL” mas’uliyati cheklangan jamiyatida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan xorijiy mutaxassislarni qiziqtirgan savollarga boshqarma mas’ul xodimlari tomonidan javob berilib, ularni bu boradagi huquqiy tushunchalari oshirildi.

Text to speech