2 Oktyabr 2021 yil 430

Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning Oʼzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʼlishlari va tranzit oʼtishlari tartibi bo'yicha olib borilayotgan ishlar

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiing 1996 yil 21 noyabrdagi “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning Oʼzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʼlishlari va tranzit oʼtishlari tartibi toʼgʼrisida”gi 408-son va 2021 yil 30 avgustdagi “Oʼzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga chet davlat fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning Oʼzbekiston Respublikasida boʼlishi tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʼzgartirishlar kiritish toʼgʼrisida”gi 549-son Qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida, Qashqadaryo viloyati IIB MvaFR boshqarmasi va Qarshi tumani IIB MvaFR boʼlinmasi masʼul xodimlari hamda tegishli vakolatli organlar ishtirokida joriy yilning 30 sentyabr kuni Qarshi tumani hududida vaqtincha va doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarni Oʼzbekiston Respublikasida yashash va boʼlish qoidalariga rioya qilishlari boʼyicha tezkor-profilaktik tadbir oʼtkazildi.
Tadbir davomida, Qarshi tumani Qoratepa QFY, Fayzobod qishlogʼida joylashgan “LT TEXTILE INTERNATIONAL” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasida mehnat faoliyati bilan shugʼullanuvchi xorijiy fuqarolar oʼrganildi.
Oʼrganish natijasida, mazkur xorijiy korxonada mehnat faoliyati bilan shugʼullanuvchi Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari 15.02.1966 yilda tugʼilgan DI XIONGBING va 24.11.1976 yilda tugʼilgan QU KUNYOUlar 2021 yil 24 sentyabrь kuni viza asosida Oʼzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelib, belgilangan tartibda yashash manziliga vaqtincha roʼyxatdan oʼtmasdan 24 sentyabr kunidan 30 sentyabrь kuniga qadar “LT TEXTILE INTERNATIONAL” MChJ shaklidagi xorijiy korxonasi ishchilar yotoqxonasiga yashab kelganligi aniqlandi. Ushbu xatti-harakatlari bilan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 225-moddasi 1-qismida koʼrsatilgan huquqbuzarlk sodir etganliklari uchun maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima jazosi qoʼllanildi.
Shuningdek, Qarshi tumani Qoratepa QFY, Fayzobod qishlogʼida joylashgan “LT TEXTILE INTERNATIONAL” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasi rahbari Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi JIANG MINGQIANG shu xorijiy korxonada mehnat faoliyati bilan shugʼullanuvchi Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari DI XIONGBING va QU KUNYOUlarni belgilangan tartibda yashash manziliga vaqtincha roʼyxatdan oʼtmasdan 24 sentyabr kunidan 30 sentyabr kuniga qadar noqonuniy yashashiga sharoit yaratib berib, ushbu xatti-harakati bilan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 225-moddasi 4-qismida koʼrsatilgan huquqbuzarlik sodir etganligi uchun maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima jazosi qoʼllanildi.

Text to speech