16 Aprel 2024 yil 282

Xorijiy davlatlardagi yoshlar va ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbatlar tashkil etilmoqda

Dunyo miqyosida aholi tarkibida yoshlarning son jihatidan salmog‘i oshib borayotgan hozirgi sharoitda ularni turli xavf-xatarlardan himoya qilish eng muhim vazifalardan hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Sh.M.Mirziyoyev raisligida 2024 yilning 12 yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani  bo‘yicha ichki ishlar organlarining hududiy tuzilmalariga 3549 nafar yoshlar biriktirildi.

Ushbu biriktirilgan yoshlar o‘rtasida profilaktik ishlarni samarali tashkil etish, ularning ijtimoiy masalalardagi muammolarini o‘rganish hamda bartaraf etish, yoshlarning jamiyatda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish borasida hozirda vaqtincha ishlash yoki o‘qish maqsadida turli xorijiy davlatlarga ketgan yoshlarning oila a’zolari, xususan ota-onalari va yaqinlari bilan suhbatlar tashkil qilinmoqda.

Hozirda dunyoda bo‘layotgan noxushliklar, teraktlar va shunga o‘xshash holatlarga befarq bo‘lmasliklari, hamda har qanday noqonuniy diniy oqimlarga qo‘shilib qolmasliklari yuzasidan Yakkabog‘ IIB boshlig‘i tomonidan o‘tkazilayotgan profilaktik tushuntirishlar asnosida, ayni vaqtlarda xorijiy davlatlarda bo‘lgan yoshlar bilan onlayn tarzda muloqotlar tashkil etilmoqda.

Text to speech