Xonadonda saqlanayotgan giyohvand modda
Hayotda mexnat kilmasdan
oson boyib ketishni uylagan ba’zi shaxslar mo‘may pul topish uchun har qanday
noqonuniy xatti-harakatni sodir etishga tayyordirlar, hatto o‘zgalar hayotini
zaharlashdan tap tortmay ularni
giyohvandlik domiga tortmoqda.
Jumladan, 2024 yil 6 yanvar kuni
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv
boshqarmasi va Qarshi tumani ichki ishlar bo‘limi tezkor xodimlari hamkorligida
Qarshi tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sherzodning yashash uyi
ko‘zdan kechirilganda, 3 ta belomor sigaretasi va 2 dona “Spichki” nomli gugurt
qutilarda 60 gram og‘irlikdagi “Marixuana” giyohvandlik moddalari xolislar
ishtirokida hujjatlashtirib olindi.
Gumonlanuvchi bilan olib borilgan
surishtiruvlarda giyohvandlik moddasini Ko‘kdala tumanida yashovchi Maxmud
ismli shaxsdan olganligini ma’lum qildi.
Tezkor tadbir davom ettirilib,
Ko‘kdala tumanida yashovchi Maxmudning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda,
yashash uyida 7 ta xaltada, 2 ta bachokda, 12 ta “Spichki” nomli gugurt
qutilarda, 4 ta selofan paketda, 1 ta sigaret qutida, 3 ta belamor sigaretida
jami 25 kilogram 108, 4 gram og‘irlikdagi “Marixuana” giyohvandlik moddasi
hamda chekish uchun maxsus tayyorlangan uskunalar borligi aniqlanib,
hujjatlashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi
tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Tergov bo‘limi jinoyat ishi qo‘zg‘atilib
dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mehnat qilmasdan tez boyib ketishni orzu qilgan
shaxs endi qonun oldida javob beradi.