13 Aprel 2022 yil
433
Xonadonbay oʼrganishlarda muammolar hal etilmoqda
Pistakent qishlogʼida Qarshi tumani IIB rahbariyati tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan aholini “xonadonbay” oʼrganish davomida, 1968 yilda tugʼilgan fuqaro Igamberdiev Chari Safarovich sogʼligi yomonlashib, nogiron boʼlib qolgani, tuman IIB tomonidan olgan sobiq ittifoq pasportini yoʼqotib, shu kunga qadar hujjatsiz yashab kelayotganligi aniqlandi.
Qarshi tumani IIB M va FRB xodimlari hamda mahalla faollari bilan hamkorlikda fuqaro Chari Igamberdievga boʼlinmaga olib kelinib, unga amaliy-huquqiy yordam koʼrsatilib, yangi Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi rasmiylashtirib berildi.