28 Yanvar 2022 yil 442

Xomiylik asosida ID- kartalari rasmiylashtirib berildi

Keyingi paytlarda inson omili jamiyatimizda davlat ahamiyatiga molik masalaga koʼtarilib, bosh mezonga aylandi. Bu borada boshqa sohalar qatori ichki ishlar organlari xodimlari ham qator ijobiy ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, Qamashi tumanida yashayotgan 26 nafar kam taminlangan nobiometrik pasport bilan yashab kelayotgan fuqarolarga Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati tomonidan homiylik asosida Oʼzbekistan Respublikasi ID- kartalari rasmiylashtirib berildi.
Fuqarolar yuqoridagi koʼrsatilgan ragʼbat uchun viloyat IIB rahbariyatiga oʼz minnatdorchiligini bildirdi.
Bu boradagi xayrli va savob ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech