15 Yanvar 2025 yil
481
Xodimlarning oila a’zolari monomarkazda
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda viloyat
Bandlik bosh boshqarmasining hamkorlik Memorandumiga asosan, ichki ishlar
organlari xodimlari, ishchi va xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari Qarshi
shahridagi monomarkazda bo‘lishdi.
Ichki ishlar organlari xodimlari oila
a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kasbga yo‘naltirish, qiziqish va
layoqatini inobatga olgan holda Bandlik bosh boshqarmasi huzuridagi "Ishga
marhamat" monomarkazlarda, kasb-hunarga o‘qitish, usta- shogird usulida o‘qitishni tashkil
etish maqsadida tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan
yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislardan savollariga javoblar olishdi.