Xodimlarning xizmat, jangovar, jismoniy va ahloqiy-psixologik tayyorgarligini oshirish maqsadida
Qashqadaryo viloyati IIBda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri hamda Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining buyruqlari talablari ijrosi yuzasidan boshqarma xodimlari bilan “O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 8 avgustdagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ-788-son Qonunining mazmun-mohiyatini o‘rganish yuzasidan o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. Ushbu o‘quv mashg‘ulotida xodimlarning xizmat faoliyatida ilg‘or tajribalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, yangi qabul qilingan normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlar bo‘yicha faoliyatini tashkil etish va ish yuritish mahoratini shakllantirish, shuningdek davlat fuqarolik xizmatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan xodimlarni ijtimoiy, huquqiy hamda psixoligik qo‘llab-quvvatlash, xodimlarni rag‘batlantirish to‘g‘risida so‘z yuritilib, ishtirokchilarning bilim va malakasi oshirildi.