26 Dekabr 2023 yil 675

Xodimlarning birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish borasidagi bilimlari oshirildi

Yurtimizda turizm sohasiga alohida e’tibor qaratilib, faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari va xorijiy va mahalliy sayyohlarga keng sharoitlar yaratilib, qator imtiyozlar berilmoqda. Albatta, bunda sayyohlarning yurtimiz iqlimi va sharoitdan kelib chiqib, xavfsiz va salomat sayohat qilishi uchun Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari qonunbuzarliklarni oldini olish bilan birga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni bilishlari foydadan xoli emas.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, viloyat IIB Tibbiyot bo‘limi Shahrisabz ambulatoriyasi boshlig‘i mayor Shorasul Haydarov viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlariga birinchi tibbiy yordam mashg‘ulotlari o‘tdi.

Sayyohlar oftob urushi natijasida hushdan ketganda, ehtiyotsizlik orqali jarohatlanganda, ovqatdan zaharlanganda, sudorgi holatlarida qanday ish tutish mashg‘ulotlar davomida xodimlarga atroflicha tushuntirildi.

Bir so‘z bilan aytganda, xodimlarning birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish borasidagi bilimlari oshirildi.

Text to speech