26 Aprel 2022 yil 292

Xodimlarga ziyo ulashgan tadbir


Yoshlar markazi viloyat boʼlimida ichki ishlar organlarida oʼtkazilayotgan “Maʼnaviyat oyligi” doirasida Qashqadaryo viloyati IIB sohaviy xizmatlari xodimlari oʼrtasida "Zukko kitobxon" intellektual oʼyini boʼlib oʼtdi. Unda viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar va litsey oʼquvchilari ishtirok etishdi.
Bahs va munozaralarga boy kechgan "Zukko kitobxon" intellektual oʼyinida faxrli 1-oʼrinni Koson tumani IIBning “Huquq posbonlari" jamoasi qoʼlga kiritdi. Keyingi sovrinli oʼrinlarni IIV Qashfqadaryo akademik litseyning “Qalqon” jamoasi va boshqarma xotin-qizlar kengashining “Toʼmarislar” jamoasi egallashdi.
Tanlovda gʼoliblari hamda faol ishtirok etgan jamoalar vakillari diplom hamda esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.

Text to speech