Xodimlarga pul kompnesatsiyalari toʼlandi
Ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan islohotlar bois sohaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, xodimlar namunali xizmat oʼtashi uchun qator shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ushbu jarayonda soha xodimlarini ijtimoiy himoyalash ham eʼtiborda. Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021 yil 08 iyunь kunidagi “Ichki ishlar organlari xodimlari uy-joy bilan taʼminlash va yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish toʼgʼrisida”gi buyrugʼiga binoan ularga imtiyozli ipoteka krediti asosida uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirilmoqda. Аna shu ishlarning uzviy davomi sifatida Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʼining 2021 yil 29 iyunь kunidagi “Uy-joy maishiy komissiya tarkibini tasdiqlash haqida”gi buyrugʼiga binoan ijarada istiqomat qiluvchi oʼndan ortiq xodimlarga pul kompensatsiyasi toʼlab berildi.