17 Noyabr 2023 yil 745

Xodimlar yashil maydonda

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha “Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Yuqori ko‘tarinkilikda tashkil etilgan musobaqada boshqarma tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlari hamda shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari xodimlaridan iborat jamoalar o‘zaro bahs olib borishdi.

 Qizg‘in va murosasiz kechgan mini futbol musobaqasi natijasiga ko‘ra, boshqarma TVBSO jamoasi faxrli 1-o‘rinni, Chiroqchi va Kasbi tuman IIBlari jamoalari 2-3-o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar va faol ishtirokchilar  viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Text to speech