23 May 2024 yil
395
Xodimlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
“Salomatlik
kuni” tadbiri doirasida Qashqadaryo viloyati IIB DPM Tibbiyot bo‘limi
poliklinikasi shifokorlari Dehqonobod tuman IIBda xizmat faoliyatini olib
borayotgan xodimlar uchun sayyor tibbiy ko‘rik uyushtirdi. Unda Dehqonobod
tuman IIB shaxsiy tarkibi orasida “Dispanser” nazoratida turgan xodimlar
chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik natijalariga
ko‘ra aniqlangan kasalliklar bo‘yicha ambulator va statsionar davolanishga
tavsiyalar berildi.
Tadbir doirasida xodimlar bilan sog‘lom
ovqatlanish, gipertoniya kasalligi profilaktikasi, bel umurtqalari
osteoxondrozi, “Koksartroz xastaligi profilaktikasi” mavzularida ma’ruzalar
tashkillashtirildi.