21 Avgust 2024 yil 243

Xodimlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

“Salomatlik kuni” tadbiri doirasida Qashqadaryo viloyati IIB DPM Tibbiyot bo‘limi poliklinikasi shifokorlari Yakkabog‘ tuman IIBda xizmat faoliyatini olib borayotgan xodimlar uchun sayyor tibbiy ko‘rik uyushtirdi. Unda tuman IIB shaxsiy tarkibi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, “Dispanser” nazoratida turgan xodimlarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, xodimlarda aniqlangan birlamchi kasalliklar bo‘yicha ambulator va statsionar davolanishga tavsiyalar berildi.
Tadbir doirasida xodimlar bilan “Sog‘lom turmush tarzi va ovqatlanish”, “Gipertoniya kasalligi profilaktikasi”, “Bel umurtqalari osteoxondrozi”, “Koksartroz xastaligi profilaktikasi”, ruhiy zo‘riqishlarni oldini olish mavzularida ma’ruzalar tashkillashtirildi.
Bir so‘z bilan aytganda sayyor tibbiy ko‘rik xodimlarning salomatligini mustahkamlash va ularda birlamchi kasalliklarni aniqlab oldini olishga zamin hozirladi.

Text to speech