6 Fevral 2025 yil 382

“Xodimbay” ishlar davom ettirilmoqda

Viloyat IIB boshlig‘i podpolkovnik Talat Mamatkulov G‘uzor tumanida bo‘lib, ichki ishlar organlari xodimlariga yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar hamda hujjat tartiboti bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi. Jumladan, “xodimbay” ishlash yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni tahlil etib, profilaktika inspektorlarining  yashash xonadoni va xizmat faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Unda mahalla faollari  bilan suhbat o‘tkazilib, muammolari bor-yo‘qligi hamda ichki ishlar organlari xodimlariga davlatimiz tomonidan yaratilgan shart- sharoitlar, ijtimoiy himoya va boshqa imtiyozlar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Text to speech