27 Mart 2024 yil 436

“Xodimbay ishlash daftari”: elektron axborot tizimida ish yuritish reglamenti”


Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Ichki ishlar vazirining 2023yil 30 aprel kunidagi “Ichki ishlar organlarida xizmat intizomiga rioya etilishini ta’minlashga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i bilan  “YE-XID” - “Xodimbay ishlash daftari” elektron axborot tizimida ish yuritish reglamenti” mavzusida o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Unda ichki ishlar vazirligi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati, tarkibiy bo‘limlar va sohaviy xizmatlar, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari  boshliqlarining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etishdi. 

Tadbirda Ichki ishlar vazirligi Ma’naviy ma’rifiy ishlar xizmati Muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori, mayor Azamat Nurillayevning 2024 yil 1 iyundan ichki ishlar organlarining barcha sohaviy va hududiy bo‘linmalarida “YE-XID” - “Xodimbay ishlash daftari” elektron tizim ishlashini yo‘lga qo‘yish, shuningdek ushbu tizimdan foydalanadigan xodimlarni ish yuritish tartibi hamda ularni planshet bilan ta’minlash borasidagi ma’ruzasi tinglandi. 

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan amaliy mashg‘ulot davomida mas’ullar  “YE-XID” - “Xodimbay ishlash daftari” elektron tizimida ish yuritishni yo‘lga qo‘yish ko‘nikmalarini o‘zlashtirish bo‘yicha ishtiokchilarga tushunchalar berishdi.

 Yakunda ishtirokchilarning mavzu doirasidagi savollariga atroflicha javoblar berilib, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlarga planshetlar berildi.

Text to speech