12 Sentyabr 2024 yil 390

Xizmat safari bilan Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turgan Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida o‘rganishlar olib bormoqda.

Ishchi guruh a’zolari bu gal IIB JXX JTSB PPX batalyonida bo‘lishdi.

Batalyonda bo‘lgan mas’ullar xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda amalga oshirgan ishlari va sport sohasida yaratilgan shart-sharoitlarni yaqindan o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida soha xodimlarining ish unumdorligini oshirish, qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

O‘rganishlar davomida Qashqadaro viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning xonadoniga tashrif bouyurilib,oila a’zolari bilan suhbatlar o’tkazildi.

So‘ngra, tungi xizmatga chiqayotgan batalyon xodimlariga huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lish, qonunchilik va xizmat intizomiga rioya etish bo‘yicha yo‘riqnoma berildi.

Ishchi guruhning o‘rganishlari davom etmoqda.

Text to speech