13 Aprel 2024 yil 274

Xizmat intizomini mustahkamlash yo‘lida

Qashqadaryo viloyati IIBda navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” oldingilaridan o‘zgacha tarzda kechdi. Boshqarma tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlari, shahar-tuman IIBlari xodimlari videoselektor tarzida ishtirok etgan tadbirda  xodimlari ishtirok etgan tadbirda xizmat intizomini mustahkamlash, qonunchilikka rioya etish, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish, korrupsiya va tamagirlik holatlariga nisbatan murosasiz bo‘lish xususida so‘z yuritildi.

Ko‘lami keng yig‘ilishda IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi O‘MIB tezkor vakili, podpolkovnik Mirjalol Nazarov respublika va viloyatda ichki ishlar organlari xodimlari bilan bog‘liq salbiy va favqulodda holatlar haqidagi ma’ruzasi tinglandi. 

Yakunda korrupsion turdagi jinoyat sodir etilishini oldini olib, zimmasiga yuklangan vazifalarni vijdonan bajarish bilan birga pora berish jinoyatini fosh etgan bir guruh xodimlar rag‘batlantirilib, ularning ota-onalariga boshqarma rahbariyatining "Tashakkurnoma"lari topshirildi. Shundan so‘ng, navbatdagi maxsus unvonlar o‘z egalariga topshirildi.

Text to speech