13 Aprel 2024 yil 441

Xizmat intizomiga bag‘ishlangan yig‘ilish

Viloyat ichki ishlar boshqarmasida tibbiyot bo‘limining shahodatlangan va erkin yollanma shifokorlari hamda ishchi-xizmatchilari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Temur Bayjanov, boshqarma MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Shermuxammad Muslimov ishtirok etdi.

Keng qamrovli yig‘ilishda IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik T.Bayjanov so‘zga chiqib, shaxsiy tarkib va erkin yollangan xodimlar bilan turli noxush holatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan tezkor-profilaktik suhbatlar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar kuchaytirilgan tarzda o‘tkazish Vazirlik va boshqarma rahbariyati talabi ekanligini ta’kidladi.

Xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishning ahvoli hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, biriktirilgan kontingent va nomzodlar bilan ishlashda qonun talabidan chetga chiqmaslik xususida ishtirokchilarni ogohlantirdi.

Jamoada guruhbozlik, ishqiy munosabat, ichkilikbozlik, berilgan topshiriqlarni noo‘rin muhokama qilish, xizmatga aloqador bo‘lmagan gaplarni tarqatish, tamagirlik, korrupsiya va boshqa shu kabi salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanib, amalga oshirilishi lozimligini qayd etdi.

Faoliyatda sohaviy xizmatlar o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish, xizmat intizomi va qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishi, xizmat vaqtida va xizmat kiyimida spirtli iste’mol qilmaslik, har bir xodim o‘z ustida mukammal ishlab, amaldagi buyruqlar va qonunlarni puxta o‘rganishi salbiy illatlarga yo‘l qo‘ymasliklari to‘g‘risida rasman ogohlantirdi.

Tahliliy yig‘ilishlarda xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan yondoshgan ayrim xodimlar qattiq ogohlantirilib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Text to speech