31 Avgust 2022 yil 288

Xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish - bugungi kun talabi

    G‘uzor tuman IIBda shaxsiy tarkibning xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishi, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish borasida amalga oshirilgan  ishlar tahliliga bag‘ishlngan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda IIV Shaxsiy xavfsizlik Bosh boshqarmasi hamda IIV SHXBB Qashqadare viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimlari, tuman IIB rahbariyati va sohaviy xizmatlar xodimlari ishtirok etishdi. Kengaytirilgan yig‘ilishni G‘uzor tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik Zafar Tursunov ochdi.

   Keng qamrovli yig‘ilishda IIV SHXBB mas’ul xodimi so‘zga chiqib, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan faoliyat davomida  xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etilishini atroflicha tahlil etdi. Bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tarbiyaviy ishlarni yanada jonlantirish, yosh xodimlariga murabbiylar biriktirib, ularni har tomonlama mukammal xodim bo‘lishlari uchun birinchi navbatda tarbiyalash, xizmat intizomi va qonunchilikka qat’iy rioya etishini uqtirish hamda har bir xodimning ijtimoiy-siyosiy bilimi, jangovar tayyorgarligini oshirib borishini e’tibordan chetda qoldirmaslik lozimligini aytib o‘tdi.

  Faoliyatda davomida korrupsiya, tamagirlik va boshqa salbiy holatlarning oldini olish uchun xizmat davomida tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirish, “xodimbay” ishlarni muntazam amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar va yo‘riqnomalar berildi.

    Tanqidiy ruhda, o‘quv va tajriba almashish, o‘zaro hamkorlikda ish yuritish ruhida kechgan yig‘ilish yakunida tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari va mas’ul xodimlar vazifador etilib, tegishli qaror qabul qilindi.

Text to speech