Xizmat intizomi va qonuchilikka rioya etish – bugungi kun talabi
Xizmat intizomi va qonuchilikka rioya etish – bugungi kun talabi
Qarshi shahar IIOFMBda “Xizmat intizomi va qonuchilikka rioya etish – dolzarb vazifa” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi va Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi rahbariyati va shaxsiy tarkib ishtirok etdi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda viloyat ichki ishlar boshqarmsi boshlig‘i o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i, podpolkovnik Talat Mamatqulov so‘z olib, sohaviy xizmatlari boshliqlari hamda shaxsiy tarkibining xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishi, fuqarolar bilan xizmat davomida xushmuomalada bo‘lishi, ularning murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyatnii atroflicha tahlil etdi.
Rahbarlar “xodimbay” ishlarni yanada jonlantirish, faoliyat davomida xizmat vaqtida va xizmat kiyimida noo‘rin xatti-harakatlar sodir etmaslik, har bir xodim o‘z ustida mukammal ishlab, amaldagi buyruqlar va qonunlarni puxta o‘rganib, salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari, ko‘p yillardan buyon ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar yoshlarga xizmat sirlarini o‘rgatishi, nojo‘ya holatlarni sezganda darhol uni ogohlantirishi lozimligini tushuntirdi.
Ichki ishlar organlari xodimlari fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda xizmat vazifasini vijdonan bajarib, tizim imidjini oshirish lozimligi borasida taklif va yo‘riqnomalar berildi. Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 29 noyabr kunidagi "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarining hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonuni bo‘yicha tushuntirishlar berdi. Qonun talabiga ko‘ra, ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlar bilan ishtirokchilar tanishtirildi. Tadbirda Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmsi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Temur Bayjanov so‘z olib, shaxsiy tarkib bilan sodir bo‘layotgan ko‘ngilsiz holatlarni barvaqt oldini olish, ichki ishlar organlarida guruhbozlik, berilgan topshiriqlarni noo‘rin muhokama qilish, tamagirlik, korrupsiya va boshqa shu kabi salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanib, amalga oshirilishi lozimligini qayd etdi.
Yig‘ilishda vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish, buning uchun xodimlar o‘z ustida ishlab, bilim va malkasini boyitishi, kasbiy mahoratini oshirishi bugungi kun talabi ekanligi sohaviy xizmatlar rahbarlari oldiga vazifa etib qo‘yildi.
Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning xatti-harakatida noqonuniy holatlarga guvoh bo‘lganlar viloyat ichki ishlar boshqarmasi va vazirlik Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi “Ishonch telefonlari”ga qo‘ng‘iroq qilishi aytib o‘tildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.