Xizmat intizomi va qonuchilikka rioya etish – bugungi kun talabi
Qarshi shahar IIO FMB, Kasbi, Nishon tumani IIBlarda “Xizmat intizomi va
qonuchilikka rioya etish – dolzarb vazifa” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi va IIV SHXBB Qashqadaryo
viloyati bo‘yicha boshqarmasi rahbariyati va mazkur tumanlarning shaxsiy
tarkibi ishtirok etdi.
Yig‘ilishda shaxsiy tarkibning xizmat intizomi va qonunchilikka rioya
qilishi, xizmat faoliyati davomida fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lishi,
ularning murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyati atroflicha tahlil
etildi.
Ichki ishlar organlari xodimlari fuqarolarning huquq va manfaatlarini
himoya qilishda xizmat vazifasini vijdonan bajarib, tizim imidjini oshirish
lozimligi borasida taklif va yo‘riqnomalar berildi.
Qamrovi keng tadbir davomida ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida amalga
oshirilgan ishlari tanqidiy-tahlil etilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni
bartaraf etish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar belgilandi.
IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i so‘z olib,
ichki ishlar jamoalarida berilgan topshiriqlarni noo‘rin, xizmatga aloqador
bo‘lmagan holatlarni muhokama qilish, tamagirlik, korrupsiya va boshqa shu kabi
salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik hamda
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni kuchaytirish lozimligini ishtirokchilarga
tushuntirdi.
Tahliliy yig‘ilishda xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan yondoshgan ayrim
xodimlar qattiq ogohlantirildi.
Bu boradagi ishlar
davom ettirilmoqda.