23 Avgust 2024 yil 248

“Xizmat intizomi va qonuchilikka rioya etish – dolzarb vazifa”

Dehqonobod tuman IIBda “Xizmat intizomi va qonuchilikka rioya etish – dolzarb vazifa” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyati IIB va IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi  Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi rahbariyati va shaxsiy tarkib ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i,  podpolkovnik Talat Mamatqulov so‘z olib, sohaviy xizmatlar boshliqlari hamda shaxsiy tarkibining xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishi, salbiy va favqulodda holatlarga barham berish, fuqarolar bilan xizmat davomida xushmuomalada bo‘lishi, ularning murojaatlari bilan ishlash, xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy bilimi, kasbiy, jismoniy va jangovar tayyorgarligi borasida amalga oshirilgan ishlar borasidagi faoliyatnii atroflicha tahlil etdi.

Ko‘lami keng tadbirda “xodimbay” ishlarni yanada jonlantirish, faoliyat davomida xizmat vaqtida va xizmat kiyimida noo‘rin xatti-harakatlar sodir etmaslik, har bir xodim o‘z ustida mukammal ishlab, amaldagi buyruqlar va qonunlarni puxta o‘rganib, salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari, ko‘p yillardan buyon ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar yoshlarga xizmat sirlarini o‘rgatishi, nojo‘ya holatlarni sezganda darhol uni ogohlantirishi lozimligini tushuntirdi.

Ichki ishlar organlari xodimlari fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda xizmat vazifasini vijdonan bajarib, tizim imidjini oshirish lozimligi borasida taklif va yo‘riqnomalar berildi.

Qamrovi keng tadbirda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmsi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Temur Bayjanov so‘z olib, shaxsiy tarkib bilan sodir bo‘layotgan ko‘ngilsiz  holatlarni barvaqt oldini olish, ichki ishlar organlarida guruhbozlik, berilgan topshiriqlarni noo‘rin muhokama qilish, tamagirlik, korrupsiya va boshqa shu kabi salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanib, amalga oshirilishi lozimligini qayd etdi.

Yig‘ilishda vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish, buning uchun xodimlar o‘z ustida ishlab, bilim va malkasini boyitishi, kasbiy mahoratini oshirishi bugungi kun talabi ekanligi sohaviy xizmatlar rahbarlari oldiga vazifa etib qo‘yildi.

Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning xatti-harakatida noqonuniy holatlarga guvoh bo‘lganlar viloyat ichki ishlar boshqarmasi va vazirlik Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi “Ishonch telefonlari”ga qo‘ng‘iroq qilishi aytib o‘tildi.

Yakunda xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan yondoshgan ayrim xodimlar qattiq ogohlantirilib,

yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar belgilandi.

Text to speech