“Xizmat intizomi va qonuchilikka rioya etish – dolzarb vazifa”
Qashqadaryo viloyatining shahar
va tuman IIBlarida “Xizmat intizomi va qonuchilikka rioya etish – dolzarb
vazifa” mavzusida yig‘ilishlar bo‘lib o‘tmoqda. Navbatdagi yig‘ilish viloyat
ichki ishlar boshqarmasi va Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh
boshqarmasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi rahbariyati va
G‘uzor tuman IIB shaxsiy tarkibi bilan bo‘lib o‘tdi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari –
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i,
podpolkovnik Talat Mamatqulov so‘z olib, sohaviy xizmatlari boshliqlari hamda
shaxsiy tarkibining xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishi, fuqarolar
bilan xizmat davomida xushmuomalada bo‘lishi, ularning murojaatlari bilan
ishlash borasidagi faoliyatnii atroflicha tahlil etdi.
Rahbarlar “xodimbay” ishlarni
yanada jonlantirish, faoliyat davomida xizmat vaqtida va xizmat kiyimida
noo‘rin xatti-harakatlar sodir etmaslik, har bir xodim o‘z ustida mukammal ishlab,
amaldagi buyruqlar va qonunlarni puxta o‘rganib, salbiy holatlarga yo‘l
qo‘ymasliklari, ko‘p yillardan buyon ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan
xodimlar yoshlarga xizmat sirlarini o‘rgatishi, nojo‘ya holatlarni sezganda
darhol uni ogohlantirishi lozimligini tushuntirdi.
Ichki ishlar organlari xodimlari
fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda xizmat vazifasini vijdonan
bajarib, tizim imidjini oshirish lozimligi borasida taklif va yo‘riqnomalar
berdi.
Qamrovi keng tadbirda xodimlarning
ma’naviy-ma’rifiy bilimi, kasbiy, jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish
borasida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahlil etilib, yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar
belgilandi.
Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy
xavfsizlik bosh boshqarmsi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i,
podpolkovnik Temur Bayjanov so‘z olib, shaxsiy tarkib bilan sodir bo‘layotgan
ko‘ngilsiz holatlarni barvaqt oldini olish, ichki ishlar organlarida
guruhbozlik, berilgan topshiriqlarni noo‘rin muhokama qilish, tamagirlik,
korrupsiya va boshqa shu kabi salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan
profilaktik qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanib, jadal amalga oshirilishi
lozimligini qayd etdi.
Yig‘ilishda vatanga va xalqqa
sadoqat bilan xizmat qilish, buning uchun xodimlar o‘z ustida ishlab, bilim va
malakasini boyitishi, kasbiy mahoratini oshirishi bugungi kun talabi ekanligi
sohaviy xizmatlar rahbarlari oldiga vazifa etib qo‘yildi.
Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan
xodimlarning xatti-harakatida noqonuniy holatlarga guvoh bo‘lganlar viloyat
ichki ishlar boshqarmasi va vazirlik Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi
Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi “Ishonch telefonlari”ga qo‘ng‘iroq
qilishi aytib o‘tildi.
Tahliliy yig‘ilishda xizmat
vazifasiga sovuqqonlik bilan yondoshgan ayrim xodimlar qattiq ogohlantirildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirib kelinmoqda.