10 Iyul 2025 yil 133

Xizmat faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan xodimalar boshqarma rahbariyati tomonidan taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli  buyrug‘iga asosan, Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar ishtirokida xodimalarning xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishlari, ular tomonidan xizmat faoliyati davomida yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar muhokamasi yuzasidan profilaktik yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.    

Yig‘ilishda boshqarma Ma’naviy ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik G‘.Z.Isamov va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi shaxsiy xavfslik bosh boshqarmasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tezkor vakili podpolkovnik Q.M.Mo‘minov so‘zga chiqib tizimda xizmat olib borayotgan shaxodatlangan xodimalarning erishgan yutuqlari bilan bir qatorda ular tomonidan xizmat faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklari muhokama qilindi va kelgusida faqatgina ijobiy ish ko‘rsatkichlari va yutuqlar bo‘lishi kerakligi ta’kidlab o‘tildi.     

Xizmat faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir nechta xodimalar boshqarma rahbariyatining tashakkurnomasi va sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Yig‘ilish davomida xodimalarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, sog‘lom turmush tarziga rioya qilishlari mavzusida boshqarma Tibbiyot bo‘limi shifokori G.Qo‘ldosheva tibbiy maslahat va tavsiyalarini berib o‘tdi.

Xodimalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga qoniqarli tarzda javoblar olishdi. Shuningdek, Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlarni faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ular o‘rtasida ruhiy tetiklikni yaratish maqsadida ruhiy yengillik berish hamda xodimalarning ishga bo‘lgan layoqati va ruhiyatini o‘rganish maqsadida Qarshi davlat universiteti psixologiya fanlari doktori, dotsent Sh.D.Bekova va Qarshi davlat universiteti katta o‘qituvchisi S.H.Amanovalar tomonidan psixologik trening tashkil etildi.

Text to speech