19 Iyun 2023 yil 843

Xivaga sayohat

 

Qashqadaryo viloyati IIB xodimlarining ma’naviy-ma'rifiy bilimlarini oshirish, milliy tariximizni o‘rganish, dunyoqarashini boyitish maqsadida boshqarma rahbariyati va Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan sohaviy xizmatlarning bir guruh xodimlari Xorazm viloyatiga sayohat uyushtirishdi. Ikki kun davom etgan sayohatda xodimlar birinchi kuni  Urganch shahrining diqqatga sazovor joylari, ma’daniy ma'rifiy markazlari bilan tanishdilar. Xususan, Xorazm tarixida mard va jasurligi bilan o‘chmas iz qoldirgan, shaharning istirohat bog‘ida haykali o‘rnatilgan shahzoda Jaloliddin Manguberdi, Avesto yodgorligi majmuasini tomosha qilishdi.

Sayohatning ikkinchi kuni esa nafaqat O‘rta Osiyoda, balki butun jahonda Xiva “Ichan Qal’a” muzey-qo‘riqxonasi nomi bilan 1990 yil 12 dekabrda jahon madaniy merosi YuNESKO tashkiloti ro‘yxatiga kirgan, qadimdan to bugungi kungacha bo‘lgan Xorazm tarixi, madaniyati, amaliy san’ati, hunarmandchiligi va adabiyotini o‘zida jo etgan, 53 ta tarixiy madaniy yodgorlikni o‘z ichiga olgan majmuada bo‘lishdi.

Sayohatchilar “Ichan Qal’a” muzey-qo‘riqxonasi boshlovchilari hamrohligida moziyda o‘ziga xos tamaddun, ilm-fan va madaniyat markazi bo‘lgan Xorazmshohlar poytaxti - Xiva shahrining yuzaga kelish tarixi va asoslari bilan tanishdilar. Tarixda shaharning obodonchiligi, madrasa va masjidlar, karvonsaroylar va boshqa tarixiy binolarning qurilishi,  uslub va andazalari haqida ishtirokchilarga atroflicha tushunchalar berildi. 

Tarix silsilasidan bizgacha yetib kelgan, avlodlarimizning aqlu-zakosi ila bunyod etilgan bunday muhtasham va salobatli me’moriy yodgorliklar mustaqillik tufayli yana sayqallanibdi, - deydi viloyat IIB MMI va KBTX bosh inspektori mayor, Xabibulla Muxammadiev. – Majmuaning ayrim qismlari mustaqillik yillarida qayta ta’mirlanib, chiroyli manzara kashf etgan. Shu bois bu maskanlar hamisha mehmonlar va ziyoratchilar bilan gavjum.

Sayohatchilar shahardagi majmualar haqida qimmatli ma’lumotlar bilan birga g‘aroyib taassurotga ega ham ega bo‘lishdi.

Text to speech