23 Iyul 2022 yil 300

Hisobot  yig‘ilishi

  Viloyat IIBda Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari shaxsiy tarkibi va ekspert-kriminalistika bo‘limi xodimlari ishtirokida joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Boshqarmaning shahar-tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘lim va bo‘linmalari hamda daliliy ashyolarni saqlash uchun biriktirilgan mas’ul xodimlar videokonferensaloka tizimi orqali ishtirok etgan yig‘ilishni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Xurshid Atanazarov ochdi.

  Yig‘ilishda viloyatda jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatlarni qonunlarga malakalash, fuqarolardan tushgan ariza, shikoyatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqib, mualliflarga javob qaytarish borasidagi ishlar tanqidiy-tahlil qilindi.

  O‘tgan davrda viloyat IIB Tergov boshqarmasi va uning qo‘yi tizimlari tergovchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlarda  adolat, qonun ustuvorligi tamoyillari diqqat-markazda bo‘lgani ijobiy natijalarni qo‘lga kiritishga puxta zamin hozirlagani qayd etildi. Sodir etilgan jinoyatlarni o‘z vaqtida qonunga malakalagan tajribali tergovchilarning kezi kelganda avval sodir etilib, to‘xtatilgan jinoiy ishlarni ham fosh etishi asos bo‘lib xizmat qildi. Sodir etilgan jinoyatlar  qonuniy asoslarda ayblov xulosalari bilan o‘z vaqtida sudlarga yuborildi. Ushbu jarayonda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini munosib himoya qilish doimo diqqat-e’tiborda bo‘ldi. Joylarda qonunchilikdagi o‘zgarishlar, jinoyat tafsilotlariga oid taqdimnomalar muhokamasi bo‘yicha uchrashuvlar kuchaytirilgani xizmat samaradorligi oshishiga xizmat qilmoqda. Albatta, bu boradagi ishlarni amalga oshirishda har tomonlama malakali va tajribali xodimlarning alohida xizmati bor.

  Ko‘lami keng yig‘ilishda avvalo har tomonlama barkamol, intiluvchan, o‘z ustida ishlashni kanda qilmaydigan nomzodlarni tanlash, ushbu jarayonda kadrlarni joy-joyiga qo‘yish lozimligi ta’kidlandi. Shaxsiy tarkibning kasbiy, jismoniy va jangovar tayyorgarligi va ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirib borish borasidagi talablar yanada kuchaytilishi lozimligi alohida qayd etildi. Barcha mustaqil soha va bo‘limlar boshliqlariga bilimli, intiluvchan kadrlarni tanlash va zahirasini yaratish masalaga teranroq yondoshish lozimligi uqtirildi.

  Hisobot yig‘ilishida xizmatda va kasbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan bir guruh soha xodimlari IIV o‘rinbosarining “Tashakkurnomasi” bilan taqdirlandi.  

  Kengaytirilgan yig‘ilishda erishilgan yutuqlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar oshkora muhokama etilib, kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Text to speech